Dizel — ogʻir yonilgʻi (dizel yonilgʻisi)nmng siqilgan havoga purkalishidan alangalanadigan ichki yonuv dvigateli. Dizel silindrida alangalanish porshen yordamida qisib yuqori temperaturagacha qizdirilgan toza havoga yonilgʻi purkalganda sodir boʻladi. Nemis kashfiyotchisi R. Dizel yasagan. Dizel eng tejamli issiqlik dvigatellari qatoriga kiradi. Dizel yonish kamerasining tuzilishiga koʻra ajralmaydigan kamerali, uyurma kamerali, old kamerali xillarga boʻlinadi. Dizel avtomobillar, traktorlar, kemalar, teplovozlar, elektr st-yalar (dizel elektr stansiyasi) va b.ga oʻrnatiladi. Dizelning quvvati 30000 kVt dan ortiq boʻladi (yana q. Dvigatel).