Dolomit

Dolomit (fransuzcha. mineralogi Dolomit Dolomye nomidan) — karbonatlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi CaCO3•MgCO3 Oz miqdorda temir, marganes, kobalt, baʼzan mis, bariy, qo'rg'oshin va b. bo'ladi. Singoniyasi trigonal. Romb, donador, buyraksimon shakllarda uchraydi. Rangi kulrang oq, sariq, kulrang-yashil. Shishasimon yaltiroq. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 2,9 g/sm3. Tabiatda keng tarqalgan. Dolomit konlari Rossiya (Ural), Ukrainada bor. Oʻzbekistonda Dolomit gidrotermal, polimetall konlarida (Xondiza, Uchquloch, Qoʻrgʻoshinkon va b.) kvars, barit, pirit, sfalerit, galenit bilan yertomirlar hosil qilgan. Zirabuloq va Ziyovuddin togʻlarida silur davri, Chatqol, Qurama va Nurota togʻlarida devon davri choʻkindi jinslarida Dolomitning qalin qatlamlari mavjud. Dolomit metallurgiya, kimyo sanoatida flyus, termoizolyasiya materiali sifatida va qurilishda ishlatiladi.