Domino effekti

(Yuqorida) Dominolar turibdi. (Pastda) Dominolar harakatda.
Domino shou

Domino effekti yoki zanjir reaksiyasi – bir hodisa oʻziga oʻxshash hodisalar bilan birgalikda butun zanjir hosil qiliuvchi yigʻma effekt[1]. Ushbu atama eng yaxshi mexanik taʼsir sifatida tanilgan hamda domino toshlarining bir-biriga ulab yiqilishiga oʻxshashlik sifatida qoʻllanadi. Bu odatda ketma-ket hodisalar orasidagi vaqt nisbatan kichik boʻlgan voqealar ketma-ketligini anglatadi. U soʻzma-soʻz (kuzatilgan haqiqiy toʻqnashuvlar seriyasi) yoki metafora (global moliya yoki siyosat kabi tizimlar ichidagi sabab-oqibat aloqalari) ishlatilishi ham mumkin. Domino effekti atamasidan, shuningdek, hodisaning muqarrar yoki yuqori ehtimoli borligini bildirish uchun ham (allaqachon sodir boʻlgani sababli) va aksincha, hodisaning imkonsiz yoki juda dargumon (bitta domino) ekanligini bildirish uchun foydalaniladi.

  1. „domino effect“. The Free Dictionary. Farlex, Inc.. Qaraldi: 2014-yil 29-sentyabr.