Edwin Hubble

Edvin Pauell Xabbl
Tavalludi 20-noyabr 1889
Vafoti 28-sentyabr 1953
San-Marino, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Turmush oʻrtogʻi 1924-yil 26-fevral
Mukofotlari Nyukomb Klivlend mukofoti (1924)
Imzosi

Edvin Pauell Xabbl (inglizcha: Edwin Powell Hubble; 1889.20.11, Marshfild, Missuri shtati – 1953.28.9, San-Marino, Kaliforniya shtati) – amerikalik astronom, AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1927-yildan). Yerk rasadxonasi (Chikago) (1914—1917) va Maunt-Vilson rasadxonasida (1919) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari galaktikalarni, Koinotning uzluksiz kengayish xususiyatini oʻrganishga oid. Koinotda kuzatiladigan tumanliklarni ikki guruhga, yaʼni bizning Galaktikamiz (gazchangdan tashkil topgan) ga kiruvchi va Galaktikamizdan tashqarida joylashgan galaktikalarga ajratdi (1922). 1924—1926 yillarda bizga yaqin boʻlgan boshqa galaktik tumanliklar tabiati bizning Galaktikamizga oʻxshash va yulduzlardan tashkil topganini koʻrsatib berdi. Bu bilan Koinotda Galaktikamizga oʻxshash yulduz sistemalari mavjudligini isbotlagan. Yaqin galaktikalarda bir nechta sefeid, sharsimon va gaz tumanliklari, qizil va zangori utagigantlarni ochgan. Galaktikalararo masofa bilan ularning nuriy tezliklari orasida kosmologik bogʻlanishni aniqlagan (1929) (qarang Kosmologiya, Xabbl qonuni).