Ehrom

Ehrom (arab. — chegaralanish, ibodat holatiga oʻtish) — 1) musulmonlarning katta va kichik haj qilish (haj va umra) vaqtidagi alohida holati. Ehrom hajni dili bilan niyat qilish, haromdan muhofazalanishdir, ehromdagi kishi "muhrim" deb ataladi. Muhrim odobdan tashqari soʻz soʻzlash, xotini bilan yaqinlik qilish, gunoh ishlarga qoʻl urishdan saqlanishi lozim. Muhrim kishi tirik mavjudotni oʻldirmaydi, tikilgan libos kiymaydi, oyogʻiga paypoq, mahsi, etik kiymaydi, yuzini, boshini biror narsa bilan toʻsmaydi, xushboʻy narsa surtmaydi, tirnoq, soch, moʻylarini olmaydi; 2) Ehrom holatiga kirganlar tanaga oʻraydigan mato. Hojilar haj kunlarida ehromga oʻralgan holatda barcha ibodatlarni ado etadilar.

E.ga kirish odatida musulmonlarning mulkiy va jamiyatdagi ijtimoiy ahvolidan qatʼi nazar umumiy tengligi gʻoyasi oʻz ifodasini topgan.