Elektr yurituvchi kuch — (EYUK) oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas tok energiya manbalarida tashqi (potensial) kuchlar taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik. Oʻtkazgichdan tok oʻtishi uchun unda elektr maydon hosil qilinib saqlanadi. Buning uchun tok manbai yordamida oʻtkazgich uchlarida potensiallar farqi (φ1-φ2)uzluksiz tiklab turiladi. Bu esa tok orqali oqib keluvchi musbat zaryadlarni oʻtkazgichning kichik potensial φ2li uchidan uzluksiz olib ketish va katta potensial φ, li uchiga uzluksiz keltirib turish zarurligini anglatadi. Demak, zaryadlarning berk yoʻl boʻylab harakati vujudga keladi. Bunda faqat elektrostatik (ichki) kuchlarning oʻzi yetarli emas, chunki bu kuchlarning zaryadlarni berk kontur boʻylab koʻchirishda bajargan ishi nolga teng. Demak, berk konturda zaryadlar oqimini taʼminlash uchun noelektrostatik (tashqi) kuchlar mavjud boʻlishi kerak. Tashqi kuchlar Kulon kuchlaridan (qarang Kulon qonuni) farq qilib, turli ishorali zaryadlarni birlashtirmaydi, aksincha ularning ajralishini yuzaga keltiradi va toʻgʻri chiziq uchlarida potensiallar farqini birday saqlab turadi. Tashqi kuchlarning taʼsiri Elektr yurituvchi kuch bilan ifodalanadi. Tashqi kuchlarning birlik musbat zaryadni berk zanjir boʻylab koʻchirishda bajargan ishi (ye = $ YE’d.1 oʻlchanadigan ye kattalik) e.yu.k., tok manbai e.yu.k. manbai deb ataladi, bunda YE’— tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydoni kuchlanganligi, d1— kontur elementi. Tashqi kuchlarning noelektrostatik elektr maydonini elektr energiya manbai hosil qiladi. Demak, e.yu.k. tashqi kuchlar taʼsirida tok zanjiriga kiritilgan energiya ekan. Mas, galvanik element va akkumulyatorlar, oʻzgarmas tok generatorlari, yarimoʻtkazgichli termoelementlar, fotoelementlar va boshqalar elektr manbai boʻla oladi. Elektr yurituvchi kuch voltlarda oʻlchanadi. Standart elektr yurituvchi kuch formulasi: E°=(RT/zF)ln
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Elektr yurutuvchi kuch (EYUK) deb- musbat zaryadni berk kontur bo'ylab ko'chirishda chet kuchlarning bajargan ishiga teng.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |