Emissiya (lotincha — chiqarmoq, ishlab chiqarmoq) — muomalaga bank biletlari, barcha shakllardagi pul belgilari va qimmatli qogʻozlar chiqarish. Pul Emissiyasini davlatning markaziy (emissiya) banklari amalga oshiradi. Pul emissiyasi pul belgilarini bosib chiqarishnigina emas, muomaladagi naqd va naqd boʻlmagan pul massasining koʻpayishini ham bildiradi. Qimmatli qogʻozlarni davlat, banklar, aksiyadorlik jamiyatlari chiqaradi. Muomalaga pul va qimmatli qogʻozlar chiqargan har qanday organ yoki tashkilot (davlat banki, moliyakredit muassasasi, korxona, kompaniya) emitent deb nomlanadi.
Havoni ifloslantiruvchi moddalarning emissiyasi, xususan:
· Emissiya savdosi, ifloslanishni nazorat qilishda bozorga asoslangan yondashuv