Eritma – bu moddaning maʼlum temperatura taʼsiridagi suyultirilgan , erish va qaynash nuqtalari oʻrtasidagi holatdir.
Qoidaga koʻra, amaliyotda, eritmalar qatoriga, kimyoviy reaksiya natijasida suyuq agregat holatda, normal sharoitda esa asosan qattiq agregat holatida boʻlgan moddalar kiritiladi. Masalan, suyuq suv va spirt, suyultirilgan gazlar garchi ular eritma atamasiga taʼrifda keltiriladiganidek fizik va kimyoviy xossalariga koʻra suyuq boʻlsada, eritmalar qatoriga kiritilmaydi.
Eritmalar harakatining tabiati va xarakteri erigan moddadagi elementlarning kimyoviy bogʻlanish turi bilan belgilanadi. Eritmalar, odatda, uni tashkil etuvchi zarralar oʻrtasida qisqa masofali bogʻlanish tartibining mavjudligi va oʻrta, uzoq masofali tartibning yoʻqligi bilan tavsiflanadi[1].