Ernest Rutherford

Ernest Rutherford

Rutherford taxminan 1920-yillar
Tavalludi 30-avgust 1871[1][2]
Vafoti 19-oktyabr 1937[3][1][2]
Kembrij, Angliya
Fuqaroligi Yangi Zelandiya
Turmush oʻrtogʻi Meri Jorjina Nyuton (1900–1937)
Bolalari 1 qiz (Eileen Mary Rutherford)
Otasi James Rutherford
Onasi Martha Thompson
Mukofotlari
Imzosi

Ernest Rutherford (talaffuzi: Ernest Rezerford; 1871-yil 30-avgust Spring Gruv, 1937-yil 19-oktabr Kembrij) — ingliz fizigi, kelib chiqishi Yangi Zelandiyalik.

Yadroviy fizikaning „otasi“ sifatida tanilgan, atomning planetar modelini yaratgan. 1908-yilda Kimyo boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan.

Rezerford (Rutherford) Ernest (1871.30.8, Braytuoter, Yangi Zelandiya — 1937.19.10, Kembrij) — ingliz fizigi; radioaktivlik va atomning tuzilishi toʻgʻrisidagi taʼlimot asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1903-yildan). R. 1907— 19 yillar Manchester, 1919-yildan Kembrij universiteti professor va bir vaqtning oʻzida Kavendish laboratoriya direktori. R. 1903-yilda F. Soddi bilan birgalikda radioaktiv yemirilish nazariyasini yaratdi va bir element atomining boshqa element atomiga aylanishini isbotlab berdi. 1911-yilda atomning Quyosh sistemasiga oʻxshash planetar modelini yaratdi. Shu modelga asoslanib 1913-yilda N Bor atom tuzilishining kvant nazariyasini va spektrlar nazariyasini yaratdi. 1919-yilda azotni kislorodga aylantirgan birinchi sunʼiy yadro reaksiyasini amalga oshirdi; bu bilan hozirgi zamon yadro fizikasiga asos soldi. Shu vaqtdan boshlab Rutherford atom yadrolarini tezkor zarralar taʼsirida sunʼiy yoʻl bilan oʻzgartirish masalalari bilan shugʻullana boshladi. 1921-yilda u neytral zarralar — neytronlarning mavjudligi toʻgʻrisidagi fikrni oʻrtaga tashladi. 1932-yilda Rutherfordning shogirdi J. Chedvik neytroni kashf qildi.

Rutherford koʻpgina fiziklar (G. Mozli, J. Chedvik, J. D. Kokroft, M. L. E. Olifant, N. Bor, X. Geyger, O. Gan, P. L.AGyapitsa va boshqalar)ni tarbiyalab yetishtirdi. Nobel mukofoti laureati (1908).

  1. 1,0 1,1 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. // (unspecified title)