Evolutsiya dalillari

Biologiya
Evolutsiya
Hayot daraxti
Hayot daraxti
Mexanizm va jarayonlari

Moslashish
Genetik dreyf
Gen koʻchishi
Mutatsiya
Tabiiy tanlanish
Turlanish

Tadqiqotlar va tarix

Dalillar
Tarixi
Zamonaviy sintez
Ijtimoiy taʼsiri

Evolutsion biologiya sohalari

Kladistika
Ekologik genetika
Evolutsion rivojlanish
Odam evolutsiyasi
Molekular evolutsiya
Filogenetika
Populatsion genetika

Evolutsiya dalillari Yerdagi barcha organizmlarning umumiy ajdoddan kelib chiqqanini isbotlovchi ilmiy dalil, maʼlumot va konsepsiyalardir.[~ 1] Bu isbotlar yordamida evolutsiya nazariyasi ilmiy hamjamiyatda tan olindi, evolutsiya sintetik nazariyasi esa turlanish jarayonlari haqidagi ilgʻor qarashlar tizimiga aylandi.[1][~ 2]

Evolutsiyaviy jarayonlar ham tabiiy, ham laboratoriya sharoitlarida kuzatiladi. Yangi turlar paydo boʻlgani maʼlum.[2] Shuningdek mutatsiya tufayli yangi xususiyatlar rivojlangani ham kuzatilgan.[3] Turlar ichida evolutsiya boʻlishi tajribaviy isbotlangan, turlanish jarayonlari esa tabiatda bevosita kuzatilgan.

Hayotning evolutsiyaviy tarixi haqida maʼlumot olish uchun paleontologlar organizmlarning qazilma qoldiqlarini tahlil qilishadi. Zamonaviy turlar orasidan qarindoshlik darajasini aniqlash uchun ularning tuzilishi,[4] genomlari, embrional rivojlanishi (embriogenez)[5] oʻrganiladi. Evolutsiya haqida qoʻshimcha axborotni hayvon va oʻsimliklarning geografik tarqalish qonuniyatini oʻrganuvchi biogeografiya beradi.[6] Shu barcha maʼlumotlar yagona manzara — hayotning evolutsiyaviy daraxtini chizadi.

„Turlarning kelib chiqishi“ kitobi chop etilganidan koʻp oʻtmay topilgan qazilma arxeopteriks. Arxeopteriks chanogʻi tuzilishi (tishlar borligi), 20 boʻlimdan iborat umurtqa dumgʻazasi, old muchalaridagi rivojlangan falangali barmoqlari, qovurgʻalari borligi, tumshugʻi yoʻqligi va qator boshqa belgilari reptiliyalarga oid. Biroq umumiy tana shakli, qoʻshilib ketgan koʻprik suyaklari, patlari, jumladan murakkab qanot patlari, qushlar uchun xarakterli. Shu sabablarga koʻra arxeopteriks morfologiyasi boʻyicha sudralib yuruvchilar va qushlar orasidagi oraliq tur boʻlib, oʻtish formasidir.[~ 3]


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "~", but no corresponding <references group="~"/> tag was found

  1. AAAS Council. „AAAS Resolution: Present Scientific Status of the Theory of Evolution“ (en) (26 декабря 1922). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)
    „IAP Statement on the Teaching of Evolution“ (en) (PDF). IAP (2006). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25 апреля 2007. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)
    „Постановление Общего собрания Российской академии наук «О заявлении IAP о преподавании эволюции»“. Rossiya Fanlar Akademiyasi (26 мая 2009). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 декабря 2009.
    „Statement on the Teaching of Evolution“ (en) (PDF) (16 февраля 2006). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr.
    „Statements from Scientific and Scholarly Organizations“ (en). National Center for Science Education. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr.
  2. „Observed Instances of Speciation“ (en). TalkOrigins.org arxivi. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr.
  3. „Биологам удалось увидеть процесс эволюции в действии“. Lenta.ru (11 июня 2008). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 декабря 2009.
  4. „Морфологические доказательства“. Доказательства эволюции. Rossiya Davlat Darwin Muzeyi. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)
  5. „Эмбриологические доказательства“. Доказательства эволюции. Rossiya Davlat Darwin Muzeyi. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)
  6. „Биогеографические доказательства“. Доказательства эволюции. Rossiya Davlat Darwin Muzeyi. 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 27-sentyabr. (WebCite saytida 2011-08-20 sanasida arxivlangan)