Jami fanlar majmuasi |
Fan |
---|
Fan yoki ilm-fan ilmiy metod bilan toʻplangan bilimlarning tartibli tizimidir.
FAN — dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi. F.ning bevosita maqsadi oʻzining urganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
F.ning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan boglik holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qad. Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan. Mifologiya F.ga oʻtish boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan. Rivojlanish davom etishi bilan mifologiya oʻrnini naturfalsafa egalladi. Avestoyaa mifologiya va fan unsurlari bor edi. Zenon, Demokrit, Aristotel va boshqa kadimgi zamon mutafakkirlari tabiat, jamiyat va tafakkurni goho birgalikda, goho ayrimayrim ravishda bayon etishga urina boshladilar. Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geom., mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi. Oʻrta asrda Sharq olimlari F.ga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar. Ayni vaqtda F.ni yangi yutuklar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar. Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonunqoidalarni kashf etdilar. Muhammad alXorazmiy tenglamalar haqidagi F. sifatida algebra va toʻngʻich algoritmparni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi. Axmad al Fargʻoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi. Hamid Xoʻjandiy (10-asr) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi. Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan "Devonu lugʻotit turk"ni yozdi. Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi. Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi (11-asr) Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Kushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga koʻtardilar (15-asr). Yevropada Uygʻonish davri arafasida, 12-asr boshlaridan alXorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo egalladi.
Yangi davr deb ataluvchi zamonda F.ning ijtimoiy roli yanada oshdi. U madaniyatning muhim tarmogʻi va texnikaning nazariy asosiga aylana boshladi. 16—17-asrlarda klassik fizikaning poydevori qurildi. F.ning nazariya darajasiga koʻtarilganligi tafakkurning induktiv va deduktiv rivojlanishiga yoʻl ochib berdi. Mavjud ilmiy faktlar I.Nyuton tomonidan dinamikaning asosiy qonuni sifatida taʼriflandi. Bu umumlashtirilgan qonundan 16—19-asrlarda xususiy qonuniyatlar kashf etildi. Lagranj, Eyler, Gauss va boshqa ijodi mexanikani moddiy nuqtalar sistemasi tarzida shakllanishiga olib keldi. Mexanika F.i shu darajada mantiqiy rivojlandiki, har xil soha olimlari unga havas qila boshladilar va uning isbotlangan qonuniyatlaridan boshqa sohalarda ham foydalanish harakatiga tushdilar.
Sanoatda tub oʻzgarishlar yuz berishi (18-asr oxiri) tufayli F.ning taraqqiyotida yangi bosqich boshlandi. 19-asrda fizikada yangi F.lar (termodinamika, klassik elektrodinamika) paydo boʻldi, biologiyada evolyutsion taʼlimot va hujayra nazariyasi vujudga keldi, energiyaning saqlanish va oʻzgarish qonuni shakllandi, astronomiya va matematikada yangi konsepsiyalar rivojlandi (J.Maksvell, M. Faradey, J. Lamark, Ch.Darvin, T.Shvann, M.Shleyden va boshqalar). Geom. sohasida inqilobiy taʼlimot yaratildi: asrlar davomida hukm surib kelgan Yevklid geometriyasi yagona emasligi, balki noyevklid geom.lar ham borligi N.Lobachevskiy tomonidan bayon etildi va keyinchalik isbotlandi. DM.Mendeleyevning davriy sistemasi xar xil kimyoviy elementlar orasidagi ichki boglanishni ifodaladi. Matematika va fizikada 20-asrda ham katta yutuklar qoʻlga kiritildi, texnika F.larida radiotexnika, elektronika kabi sohalar paydo boʻldi. F. va texnikaning yanada rivojlanishiga taʼsiri borgan sari ortib borayotgan kibernetika vujudga keldi. Fizika va kimyo F.laridagi muvaffaqiyatlar hujayralardagi biologik jarayonlarni yanada chuqurroqoʻrganishga imkon berdi, bu hol qishloq xoʻjaligi va tibbiyot F.larining rivojlanishiga olib keldi. F.ning ishlab chiqarish bilan yaqin hamkorligi yuz berib, uning ijtimoiy xayot bilan aloqalari mustahkamlana boshladi. Hozirgi F.lar fantexnika inkilobinnng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
F. tizimi umuman kuyidagi katta guruhlarga boʻlinadi: tabiiy F.lar, gumanitar F.lar, texnika F.lari va ijtimoiy F.lar. Bu guruhlarning har qaysisidan juda koʻp mustaqil F. sohalari ajraladi. Mustaqil F.lar bir-biriga bogʻliq sohalarda ilmiy izlanishning yirik va istiqbolli muammolarini yechishga toʻgʻri keladi, bu hol hrz. paytda fanlararo va kompleks tadqiqotlarni keng avj oldirishni taqozo etadi. Tabiatni muhofaza qilish muammosi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Bu muammo texnika F.lari, Yer toʻgrisidagi F.lar, biol„ matematika, tibbiyot, iqtisodiyot va boshqalar bilan qoʻshilib ketgan. Bu xildagi ilmiy va ilmiytexnik muammolarni hal qilish uchun xoz. Fanlarda tadqiqotlarni dasturiymaqsadli tashkil etish metodi keng qoʻllanadi. Ilmiy tadqikrtlarni 2 ga: fundamental va amaliy tadqiqotlarga ajratish qabul qilingan. Tabiat, jamiyat, tafakkurga xos qonunlarni bilib olish fundamental tadqiqotlarning, bu tadqiqotlar natijalarini bilim orttirish va ijtimoiyamaliy muammolarni hal qilish uchun qoʻllash amaliy tadqiqotlarning vazifasidir. Fundamental tadqiqotlar, odatda, amaliy tadqiqotlardan oldinda boradi va ular uchun nazariy asos yaratadi. Fundamental va amaliy tadqiqotlar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash, ilmiy yutuqlar natijalarini amaliyotga tezroq joriy etish — hozirgi davr F.i uchun muhim vazifalardan biridir.
Hozirgi davrda F. jamiyat taraqqiyotini olgʻa siljituvchi kuch va vosita boʻlib qolayotganligini kuzatish mumkin. Xalq va millat dunyoqarashini shakllantirish, taʼlimtarbiya, axloq normalarini vujudga keltirish, maʼnaviy barkamol insonni tarbiyalashda F. alohida oʻrin tutmoqda.
Mustaqillik sharoiti Uzbekistonda F.ning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalo, F.imiz strukturasi keskin oʻzgardi: maʼnaviy F.lar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, universitetlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustah.kam ijodiy aloqalar oʻrnatdi. Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi F.larimiz xam jahon andozasi darajasiga koʻtarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar. Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini oʻrganish bilan bogʻliq, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish — Quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.
Omonulla Fayzullayev.
Fan sohalari uch katta qismga ajratilib koʻrsatiladi:
Fan empirik yoʻl bilan olingan maʼlumotlarni (faktlarni) kuzatiladigan u yoki bu hodisani izohlash uchun tartiblaydi, bunday tartib gipoteza deyiladi. Gipoteza hodisani izohlash uchun yetarli boʻlsa hamda tegishli isbotlar bilan tasdiqlansa, u nazariyaga aylanadi.