Feruza

Feruza – mineral. Kimyoviy tarkibi SiA16[RO4]4(ON)84N2O. Triklin singoniyada kristallanadi. Yashirin kristalli yaxlit massalar, kurtaksimon agregatlar, pust, tomirlar hosil qiladi. Mineral agregatlarining tuzilishiga qarab, qattiq va yumshoq koʻrinishga ega. Qattiq feruzaning rangi koʻk va samoviy koʻk boʻlib, yashil, qoʻngʻiryashil va qoʻngʻir ranggacha oʻzgaradi. Yumshoq feruza nam holatda uchraydi, quritilganda kattiklashadi. Rangi oqimtir, och havorang, havorangyashil va och yashil boʻladi. Qattiqligi 5—6, zichligi 2,6 —2,8 g/sm³. Jilosiz, xira, mumga oʻxshash. Feruza gipergen mineral boʻlib, mis konlarining oksidlanish zonasida hamda kvars tomirlari va nurash jarayoniga uchragan kvarsli porfirlarda joylashgan. Feruza kaolin, galluazit, yarozit, alunit, opal, barit, xrizokollar bilan assotsiatsiyada uchraydi. Zargarlikda qimmatbaho tosh sifatida ishlatiladi. Oʻzbekiston hududida juda qadimdan maʼlum. Sharq mamlakatlarida qimmatbaho tosh sifatida qadrlanib kelgan. Uzoq vaqtlargacha Oʻrta Osiyo boshqa mamlakatlarni feruza bilan taʼminlab kelgan. Eng yirik koni – Nishopur (Eron), Oʻzbekistonda feruza Markaziy Qizilqum va Qurama, Qoratepa, Sulton Uvays togʻlarida mavjud.