Fizalis (Physalis), paqpaq — ituzumdoshlar oilasiga mansub bir yoki koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; sabzavot ekini. Yovvoyi holda 100 dan ortiq turi tropik va subtropik mintaqalarda, koʻproq Markaziy Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari Afrikaning janubi-sharqida uchraydi. F. Yevropaga 18-asrda, keyinchalik Osiyoga keltirilgan. Asosan, Meksika F.si yoki Meksika pomidori (P. ixocarpa); tukli F. (P. pubescens) va peru F.si (peru olchasi) (P. peruviana) yetishtiriladi. Meksika F.si koʻp tarqalgan. Tarkibida 8—9% quruq modda, 33,133,6% yogʻ, 18,4 19,5% oqsil, 17,6— 18,1% kletchatka, 4,48,3% kul, 3—4% qand, 5— 10% pektin, 20– 30 mg % S vitamini hamda karotin, organik kislotalar, achchiq moddalardan fizalin va alkaloidlar (0,260,4%) bor. Shifobaxsh. Mevasi nordonshirin, tuyey ochsariq, koʻkish; ya n gil i gida, qayta ishlangan holda isteʼmol qilinadi. Peru F.si (5—12 g) yumaloq oval, sariq, toʻq sariq, nordonshirin. Mazasi qulupnay taʼmini beradi. Yetishtirish agrotexnikasi pomidordan farqqilmaydi. Konserva sanoatida, souslar, murabbo, tuzlamalar tayyorlashda ishlatiladi. Pishgan mevalaridan limon kislota olinadi.[1][2]