George Carlin | |
---|---|
Tavalludi |
George Denis Patrick Carlin 12-may 1937-yil |
Vafoti |
22-iyun 2008-yil (71 yoshda) Santa Monica, Kaliforniya, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Veb-sayti | georgecarlin.com |
Imzosi | |
George Denis Patrick Carlin[1] (talaffuzi: Jorj Denis Patrik Karlin; kir. Жорж Карлин; 12-may, 1937 – 22-iyun, 2008) amerikalik qiziqchi, yozuvchi, ijtimoiy tanqidchi va aktyor boʻlgan. Komediya albomlari uchun beshta Grammy mukofoti olgan.[2] Carlin oʻzining qora yumori, siyosat, ingliz tili, psixologiya, din va turli tabu mavzular haqidagi fikrlari bilan tanilgan. Carlin va uning "Yetti iflos soʻz" komik dasturi 1978-yili AQSh Oliy Sudida qarab chiqilayotgan F.C.C. v. Pacifica Foundation ishida eʼtibor markaziga tushgan, unda 5-4 ovozlar nisbati bilan hukumatning ommaviy radioda soʻkish soʻzlarni senzuralash huquqi oʻz kuchida qoldirilgan edi. Bir gazetada Carlin "kontrmadaniyatchi qiziqchilar dekani" deb baholangan edi.[3]
1977-yildan uning HBO uchun maxsus tomoshalari yozila boshlandi. 1980-yillar oxiridan boshlab Carlin chiqishlari zamonaviy Amerika jamiyatining ijtimoiy-madaniy tanqidiga bagʻishlandi. U Qoʻshma Shtatlardagi siyosiy masalalarni muhokama qilib, Amerika madaniyatining keragidan ortiqcha qismlarini satira qildi. 2004-yili Carlin Comedy Central kanalining eng buyuk qiziqchilar roʻyxatida Richard Pryor'dan keyin ikkinchi oʻringa qoʻyildi.[4]
George Carlin 2008-yil 22-iyunda Santa Monica shahridagi kasalxonada yurak kasalligidan vafot etdi.[5][6] 2008-yil 10-noyabrida Carlin'ga vafotidan keyin Amerika yumori uchun Mark Twain mukofoti berildi.[7]