George Bush | |
---|---|
Rasmiy portret (2003) | |
43-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 2001-yil – 20-yanvar 2009-yil | |
Vitse-prezident | Dick Cheney |
Oʻtmishdoshi | Bill Clinton |
Vorisi | Barack Obama |
46-Texas gubernatori | |
Mansab davri 17-yanvar 1995-yil – 21-dekabr 2000-yil | |
Oʻtmishdoshi | Ann Richards |
Vorisi | Rick Perry |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
George Walker Bush 6-iyul 1946-yil New Haven, Connecticut, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Respublikachilar |
Boʻyi | 183 sm |
Turmush oʻrtogʻi |
Laura Welch (turm. 1977) |
Bolalari | Barbara Bush, Jenna Bush Hager |
Ota-onasi |
|
Istiqomat joy(lar)i | Crawford, Texas, AQSh |
Taʼlim |
Yale universiteti Harvard universiteti |
Kasbi |
|
Imzosi | |
Vebsayti |
George Walker Bush (talaffuzi: Jorj Uoker Bush; 6-iyul 1946-yilda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi va ishbilarmon boʻlib, 2001-yildan 2009-yilga qadar Amerika Qoʻshma Shtatlarining 43-prezidenti lavozimini bajargandir. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan Bush bungacha 1995-yildan 2000-yilga qadar Texas shtatining 46-gubernatori vazifasini bajargan. U AQShning sobiq prezidenti George H. W. Bushning toʻngʻich oʻgʻlidir.
Bush yigirma yoshida Texas havo milliy gvardiyasida ikki yil muddat xizmat qildi. 1975-yili Harvard biznes maktabini tamomlagach, u neft sanoati sohasida ishladi. 1978-yilda Bush Vakillar palatasiga oʻz nomzodligini qoʻydi, ammo saylanmadi. Keyinchalik, u Texas Rangers nomli beysbol jamoasiga egalik qilib, 1994-yili Texas gubernatori etib saylandi. 1998-yilda Bush rekord darajadagi[1] (69 foiz) ovozlar soni bilan ikkinchi muddatga qayta gubernator etib saylandi[2] va buning ortidan Texas tarixida ikkinchi muddatga saylangan ilk gubernator boʻldi.[1] U gubernatorlik davrida Texasni shamol energetikasini ishlab chiqaruvchi yetakchi shtatga aylantirishga koʻmaklashdi. Bush 2000-yilgi prezidentlik saylovlarida qatnashib, Demokratlar partiyasida boʻlgan amaldagi vitse-prezident Al Gore ustidan gʻalaba qozondi. Qayta sanash va sud jarayonlarini oʻz ichiga olgan bu saylov mamlakat tarixidagi eng bahsli saylovlardan biri boʻldi.
Lavozimiga kirishgach, Bush soliqlarni kamaytirish va taʼlimni isloh qilish toʻgʻrisida qonun loyihasi imzoladi. Kech abort qilishni taqiqlash toʻgʻrisidagi qonun va eʼtiqodga asoslangan tashabbuslar kabi ijtimoiy-konservativ harakatlarni ilgari surdi. Bush prezidentligi davrida 2001-yil 11-sentyabr terror xurujlari natijasida terrorizmga qarshi kurashish uchun Milliy xavfsizlik vazirligi tashkil etildi. Bush Tolibonni agʻdarib tashlash, al-Qoidani yoʻq qilish hamda Osama bin Ladenni ushlash maqsadida AQSh armiyasini Afgʻonistonga bostirib kirishga buyruq berdi. U, shuningdek, terrorizmda gumon qilingan shaxslarni nazorat qilish vakolatini beruvchi Patriot qonunini imzoladi.
Bush 2004-yilgi prezidentlik saylovlarida ham qatnashib, Demokratlar partiyasidan nomzod John Kerryni magʻlub etdi hamda ikkinchi muddatga qayta prezident etib saylandi.