Gepatit A

Gepatit A
Sinonimlari infeksion gepatit
Gepatit A virusining elektron mikrografi
Belgilari Koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, siydikning qorayishi, sariqlik, isitma, qorinda ogʻriq
Mutaxassislik Yuqumli kasalliklar, Gastroenterologiya, Gepatologiya
Boshlanish vaqti Infeksiyadan keyin 2–6 hafta
Davomiyligi 8 hafta
Sabablari Hepatovirus A bilan ifloslangan suv ichish yoki ovqat yeyish
Tashxis usullari Belgilar va qon testlari orqali
Oldini olish Gepatit Aga qarshi emlash, qoʻllarni yuvib yurish, ovqatni yaxshi pishirish
Davolash Simptomatik davo, jigar transplantatsiyasi
Uchrash tezligi 114 mln (2015)

Gepatit A – gepatovirus A virusi (GAV) keng tarqalgan yuqumli kasalliklardan biri hisoblanadi. GAV fekal-oral usulda yuqadi. Inkubatsiyon muddati oʻrtacha 30 kunni tashkil etadi. Gepatit A aksariyat holatda asimptomatik boʻladi. Boshqa hollarda isitma, koʻngil aynishi, qusish, ich ketishi, sariqlik va qorinda ogʻriq bilan namoyon boʻlishi mumkin. Jigarga aloqador boʻlmagan belgilari juda kam uchraydi hamda vaskulit, artrit, aplastik anemiya, sindromi qoʻshilib kelishi mumkin. Aksariyat bemorlarda 2-6 oy ichida oʻz-oʻzidan tuzalib ketadi. Shu xususiyati bilan gepatit B va Cdan ajraalib turadi. Chunki, bu viruslar surunkali kasalliklarga sabab boʻladi. 1% dan kamroq bemorlarda fulminant jigar yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin va bu jigar transplantasiyasini talab qiladi. Klinik jihatdan boshqa virusli gepatitlardan farq qilmaydi. Laboratoriya tekshiruvlarida plazma aminotransferaza fermentlari (ALT ASTga qaraganda ancha baland), bilirubin va ishqoriy fosfataza miqdorining ancha oshishi kuzatiladi. Tashxis qonda GAV immunoglobulin Mni aniqlash orqali tasdiqlanadi. Davolash simptomatik boʻlib, asosan dam olish, koʻp suyuqlik ichish, koʻngil aynishi va ich ketishini bartaraf etishdan iborat boʻladi[1].

  1. Langan RC, Goodbred AJ. Hepatitis A. Am Fam Physician. 2021 Oct 1;104(4):368-374. PMID: 34652109.