Guarani tili | |
---|---|
Milliy nomi | Avañe'ẽ, Guaraní |
Mamlakatlar | Paragvay, Argentina, Braziliya, Boliviya |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 4.800.000 (1995) |
Turkumlanishi | |
Til oilasi | Indeys tillari |
Alifbosi | lotin |
Til kodlari | |
ISO 639-1 | gn |
ISO 639-2 | grn |
ISO 639-3 | gug |
Guarani tili - Janubiy Amerika indeyslari tili. Tupi-guarani tillari oilasiga mansub. Guarani tili Paragvay va Braziliyaning Matu-Grosu va Parana viloyatlari hududlarida hamda Argentina (Misones, Gran-Chako, Korriyentes, Formosa)da tarqalgan. Guarani tili leksikaning 30 — 40% ini ispan tilidan oʻzlashgan soʻzlar tashkil etadi. Boliviyadagi indeyslarning tili ham Guarani tili nomi bilan ataladi (11 ming kishi soʻzlashadi). Paragvayda garchi ispan tili rasmiy til boʻlsada, aholining 90%i (3 mln. kishi) Guarani tilida soʻzlashadi. Bu tilda gazetalar, kitoblar nashr etiladi, radioeshittirishlar beriladi. Maktab taʼlimida ham qoʻllanadi. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.