Hamid Olimjon | |
---|---|
Tavalludi |
12-dekabr 1909-yil Jizzax |
Vafoti |
3-iyul 1944-yil (34 yoshda) Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | shoir, publitsist, adabiyotshunos |
Mashhur ishlari | „Koʻklam“, „Tong shabadasi“, „Zaynab va Omon“,„Oygul bilan Baxtiyor“,„Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“, „Muqanna“, „Holbuki, tun“, „Ofeliyaning oʻlimi“ |
Mukofotlari | |
Dini | Islom |
Hamid Olimjon (Hamid Olimjonovich Azimov[1]) (1909-yil 12-dekabr, Jizzax – 1944-yil 3-iyul, Toshkent; „Forobiy“ qabristoniga qayta dafn etilgan) – oʻzbek shoiri, adabiyotshunosi va jamoat arbobi.Uning Ayolining ismi Zulfiyaxonimdir. Lirik sheʼrlari bilan 20 asr oʻzbek adabiyotiga munosib hissa qoʻshgan. 30-yillarda shodlik va baxt kuychisi sifatida tanilgan. Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi muxbir aʼzosi (1943). Boshlangʻich taʼlimdan soʻng 20-yillarning oxirida Samarqanddagi bilim yurtida (1923–1928), Pedagogika akademiyasining ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida (1928–1931) oʻqigan va ayni paytda „Zarafshon“ gazetasida boʻlim mudiri (1926–1927). „Yoshlar“ gazetasida (1931), „Qurilish“ va „Sovet adabiyoti“ jurnallarida masʼul kotib, Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot institutida katta ilmiy xodim (1932–1934), Til va adabiyot instituti (1934–1937) va Oʻquvpedagogika nashriyotida boʻlim mudiri (1938–1939), Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida masʼul kotib (1939–1944).