Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Hunarmandchilik – milliy-anʼanaviy mayda tovar ishlab chiqarish, oddiy mehnat qurollari yordamida yakka tartibda va qoʻl mehnatiga asoslangan sanoat turi; shunday mahsulotlar tayyorlanadigan kasblarning umumiy nomi. Yirik sanoat ishlab chiqarishi vujudga kelishiga qadar keng tarqalgan, ayrim sohalari keyin ham saqlangan. Kam rivojlangan mamlakatlarning xalq xoʻjaligida hozir ham muhim oʻrin egallaydi.