Ijtimoiy guruhlar

Ijtimoiy guruhlar — muntazam ravishda bir-birlari bilan oʻzaro muno-sabatga kirishadigan shaxslar guruhi. Turli sinflar, qatlamlar muhim ijtimoiy guruhlar hisoblanadi. Kasbga oid, diniy, etnik, turli demografik guruhlar (nuroniylar, ayollar, yoshlar va hokazo) ham ijtimoiy guruhlarga kiradi, chunki ularning jami-yatdagi mavqei hukmron ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻliqdir. Bir xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari oʻxshash, maqsad va qadriyatlari umumiy boʻlgan kishilar ham alohida ijtimoiy guruhlarni tashkil etadi. Ijtimoiy guruhlar katta va kichik (soni boʻyicha), boshlangʻich (guruh aʼzolarining bevosita shaxsiy aloqalari va munosabatlariga asoslangan) va ikkilamchi (guruh aʼzolari oʻrtasida bevosita shaxsiy aloqalar boʻlmagan), rasmiy (tadqiqotchi tomonidan muayyan belgi asosida tashkil qilingan) va norasmiy (obyektiv holda mavjud) guruxlarga boʻlinadi. Ijtimoiy guruhlar ning hajmi, shakli, xususiyatidan qatʼi nazar, ularning muhim belgisi — aʼzolarning bir umumiy guruhga mansub ekanliklarini anglashidir. Odamlar uz hayotining koʻp qismini guruhlardagi muloqotlarda oʻtkazadi. Hozir jamiyatdagi odamlarning aksariyati koʻpdan-koʻp turli guruxlarga mansubdir[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil