Imon

Imon, iymon (arab. — ishonch, eʼtiqod) — islomning 5 rukni (asosi)dan biri; Allohga, uning farish-talariga, kitoblariga, paygambarlariga, qiyomat kuniga, taqdirga va oʻlgandan keyin tirilishga ishonish. Bu "iymoni mufassal", yaʼni iymonning mufassal taʼbiri deb ham ataladi. I. moturidiylik taʼlimotiga koʻra, 2 narsaning butunligi — eʼtiqod (dinga ichdan chukur ishonish), iqror (buni soʻzda tan olish)dan iborat deb hisoblanadi. Islomda I. talablari "arkon aliymon" ("eʼtiqod asoslari") sanaladi. I. asoslariga, u aqlimizga xoh sigʻsin, xoh sigʻmasin, baribir ularga shak-shubhasiz eʼtiqod qilish talab qilinadi. I. talablari, yaʼni aqidalar islomning diniy dunyoqarash asoslarini tashkil etadi. I. tushunchasi islomda muhim va bahsli masalalardan biri hisoblanib, uni turli ilohiyot va diniyhuquqiy maktab vakillari turlicha talqin qilganlar. Hoz. kunda I. soʻzi vijdonlilik, halollik, soflik, Vatanni sevish maʼnolarida ham ishlatiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil