Imperializm

Imperializm (frans. imperialisme) — keng maʼnoda hududlarni bosib olishga, qaram qilishga, boshqa davlatlar ustidan siyosiy yoki iqtisodiy nazorat oʻrnatishga qaratilgan davlat siyosati. U bir davlatning oʻz hokimiyatini boshqa davlat hududida iqti-sodiy va siyosiy foyda olish maqsadida qaram aholini, asosan, harbiy vositalar yordamida ezish hisobiga amalga oshirishini anglatadi. Imperiya, aslida, bosib olish va hukmronlik qilishning , davlatlar oʻrtasidagi siyosiy raqobatning qad. shakli hisoblanadi. I. termini 19-asr 2-yarmida ingliz iqtisodchi olimi J. Gobsonning "Imperializm" nomli kitobi (1902) chiqqanidan sung , ayniqsa, keng tarqaldi va I.ga nisbatan birbiridan keskin farq qiluvchi fikrlar paydo boʻldi. Liberalizm yunalishidagi olimlar (jumladan, nemis iqtisodchisi Y. A. Shumpeter) fikricha, Yevropa mamlakatlarining 19-asrdagi imperialistik ekspansiyasi kapitalistik taraqqiyot va raqobatning xususiyati emas edi, aksincha, u kapitalizmning siyosiy va iqtisodiy mohiyatiga zid boʻlgan. Shu maʼnoda I. mutlaq monarxiyalar davridagi militaristik millatchilikning oqibati hisoblanadi. Radikal yoʻnalishdagi olimlar va siyo-satchilar (jumladan, V. I. Lenin) I.ni kapitalizmning oliy va soʻnggi bosqichi deya baholab, moliya kapitali huk-mronligi, iqtisodning ichki inqiro-ziga javob tariqasida chetga kapital chiqarish, xalqaro trestlarning oʻsishi va yer yuzining kapitalistik davlatlar tomonidan taqsimlab olinishi bilan bogʻlab tushuntirmoqchi boʻladi. Bu fikrning xatoligini isbotlovchi na-zariyotchilarning taʼkidlashicha, I., birinchidan, tarixan kapitalizmdan oldin keladi, ikkinchidan, imperialistik davlatlar oʻrtasidagi raqobat, avvalo, iqtisodiy emas, balki siyosiy sabablar bilan bogʻliqdir.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil