Imtihon

Imtihon — oʻquvchi va talabalar bilimini tekshirish usullaridan biri. Imtihonlar davlat imtihoni, kirish, sinfdan sinfga (kursdan kursga) koʻchirish, tanlov Imtihon va b. turlarga boʻlinadi. Dastlab Xitoyda Xan sulolasi hukmronligi davri (mil. av. 206 — mil. 220-yil) da paydo boʻlgan. Imtihon oʻqimishli kishilar orasidan amaldor boʻladiganlarni ajratib olish zaruriyatidan kelib chiqqan. Amal talabgorlari Konfutsiy kitoblari boʻyicha bilimdonliklarini koʻrsatuvchi davlat imtihonni topshirish va ilmiy daraja olishlari zarur boʻlgan. Oʻrta asrdan Yevropa universitetlarida bakalavr yoki magistrlik darajasini olish daʼvogarlarining bilimini sinash uchun kiritilgan. 19-asr boshlariga kelib, Yevropaning barcha mamlakatlariga yoyildi.

Oʻzbekistondagi umumiy taʼlim maktablarida sinfdan sinfga kuchirish va bitirish I.lari topshiriladi. Kuchirish I.lari taʼlim muassasalari tomonidan ishlab chikilgan va tegishli tashkilotlar tasdiklagan Nizomga muvofiq uqishning muayyan bosqichida olinadi. Bitirish I.lari esa, taʼlim tizimining biror bugʻinida oʻqiyotgan oʻquvchi tomonidan oʻquv yurtini tugatish paytida topshiriladi. Bitirish I.larini I. komissiyalari qabul qiladilar. I.larning kaysi fanlardan topshirilishi, qachon, qay tarzda oʻtkazilishi muayyan huquqiy hujjatlar orqali belgilanadi. I.da yozma ish mavzulari va ogʻzaki I. savollari taʼlim tizimi faoliyatini tashkil etuvchi va yoʻnaltiruvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi. Maktablarda I.ga koʻyilgan yillik va I. baholaridan pedagogik jamoa yakuniy baho chiqaradi. Bu baho oʻrta maktabni tugatganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga koʻyiladi.

Oliy, oʻrta maxsus va kasbhunar oʻquv yurtlariga oʻqishga kirish uchun tanlov asosida kirish I.lari oʻtkaziladi. OʻzRda 1992-yildan kirish I.larini olish test yoʻli bilan amalga oshirilmoqda. Oliy maktab talabalari hamda akademik litsey va kollejlarning oʻquvchilari har bir semestr yoki kurs oxirida I. topshiradilar. Ularni bitiruvchilar esa davlat imtihoni topshiradilar. Oliy oʻquv yurtlarining bakalavriat bosqichida davlat I.lari bilan birga bitiruv ishi ham himoya qilinadi. Ijodiy yondashuv va alohida tayyorgarlik talab etiladigan oliy maktablarda kushimcha I. joriy etiladi. Milliy taʼlim tizimining barcha boʻgʻinlarida reyting joriy etilishi munosabati bilan oliy oʻquv yurtlaridagi kuredan kurega koʻchirish imtihonlarida jiddiy oʻzgarish sodir buldi. Reyting usuli talabalarni yil davomida uzluksiz shugʻullanishga va bilim asoslarini puxtaroq egallashga olib keladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil