Integral hisob — integrallar va ularning xossalarini, hisoblash usullarini, tatbiqlarini oʻrganuvchi matematika boʻlimi. I. h. taraqqiyoti va mazmuni differensial hisob taraqqiyoti va mazmuni bilan uzviy bogʻliq. I. h. differensial hisob bilan birga cheksiz kichik miqdorlar analizini (qarang Matematik analiz) tashkil qiladi. 17-asrga kelib, texnika va tabiiy fanlarning taraqqiyoti matematika oldiga juda koʻp yangi masalalarni, jumladan, murakkab geometrik shakldagi jismlarning yuzini, hajmini, ogʻirlik markazini hisoblash masalalarini qoʻydi. Bularni aniqlashning qadimgi eski usullari oʻrniga yangi va kuchli matematik usullar yaratish zaruriyati tugʻildi. Shu davrda I. h. vujudga keddi. I. h.ning asosiy tushunchalari aniq va aniqmas integral tushunchalaridir. I. h.ning turli tatbiklarida bu anikmas integrallarga mos aniq integrallarning ahamiyati katta boʻlgani uchun ular yaxshi oʻrganilgan va qiymatlari hisoblangan jadvallar tuzilgan.
Integral tushunchasi bir necha xaqiqiy oʻzgaruvchining funksiyalari uchun ham, kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari uchun ham aniqlangan va xossalari yaxshi oʻrganilgan.[1]