Intonatsiya (lotincha Intono — baland ?talaffuz qilaman) (tilshunoslikda) — nutqning ohangi, uning maromiymusiqiy tomoni; tovushning navbatmanavbat koʻtarilishi va tushi-shi. I. nutqning sintaktik maʼnolari (darak, soʻroq, buyruq)ni ham ifodalaydi. Nutq qaratilgan obʼyektga boʻlgan soʻzlovchining munosabati, hissiyoti soʻzdagi I.da namoyon boʻladi. Yozuvda I. qisman tinish belgilari orqali ifodalanadi. Nutqning stilistik xususi-yatlarini farqlashda, uni shakllantirishda ham maʼlum rol oʻynaydi.
I.ni nutq unsuri sifatida oʻrganish 19-asr oxirlaridan boshlangan. Hoz. I.ning ran turlarini oʻzaro farqlashdagi ahamiyati, sintaksis bilan oʻzaro munosabati va uning tarkibiy qismlari tadqiq etilgan, matn I.si va fonostilistika borasida tadqiqotlar olib borilmoqda (yana q. Gap). [1]