Iroqi —1) kashtadoʻzlikda chok turi; sidirgʻa qoplab (butun va yarim "X" shaklida) toʻrga yoki arqoq va tanda iplaridan sugʻurib, toʻr shakliga keltirilgan matogatikiladi. I. ning kesma chiziqdar sanab tikiladigan sanama I. va matoga chizilgan naqsh-gul ustidan tikiladigan chizma I. turlariga boʻlinadigan terma (doʻppi, jiyak va mayda buyumlar tikiladi) hamda matoga ip toʻshalib, soʻng mayda choklar bilan kesib (yirik kashtalar — palak, soʻzana va boshqalar) tikiladigan xillari bor. Shahrisabz kashtadoʻzligida I. choki qadimdan maʼlum boʻlgan, keyinchalik Toshkent, Samarkand, Fargʻona, Surxondaryo va b. joylarda keng tarqalgan. Toshkent va Shahrisabz doʻppilari chok texnikasi jihatidan farq qiladi. I. mujassamoti, badiiy uslubi, tayyorlanishi jihatidan farq qiladi. I. choki boshqa xalqlar (rus, ukrain, la-tish, tatar, boshqird, qirgʻiz, qozoq, tojik va boshqalar) kashtadoʻzligida ham keng tarqalgan; 2) muqarnas turi; shakldor ravoq chiziqlari oʻzaro kesishishi na-tijasida yasalgan pogʻonali suyri be-zak.[1]