Islomiy taqvim

Islomiy taqvim — milodiy 638-yili xalifa Umar (milodiy 592644 yillar), roziyallohu anhu, tomonidan joriy qilingan. Ushbu taqvim qamariy boʻlib, oy harakatiga asoslangan edi. Umar, roziyallohu anhu, ushbu taqvimni oʻz davrida amalda boʻlgan turli taqvimlar oʻrtasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlarni bartaraf etish uchun joriy qilgan. Umar, bir necha sahobalar bilan maslahatlashib, yil boshi sifatida hijrat yilini tanlashga qaror qilishgan. Taqvimning boshlanish nuqtasi sifatida Hijrat qilingan yilning 1 Muharram kuni tanlangan. Hijriy sana, odatda Gʻarb adabiyotida A. H. deb qisqartirib yoziladi(Bu lotincha „Anno Hegirae“ soʻzining qisqartmasidir. Birinchi Hijriy sananing birinchi Muharram kuni (Muharram 1, 1 A. H.) Grigorian taqvimida 622-yil 16-iyulga toʻgʻri keladi). Paygʻambar Muhammadning, Makkadan Madinaga hijratlari esa Grigorian taqvimining 622-yil sentyabr oyiga toʻgʻri keladi.