Islomofobiya bu Islom diniga yoki umuman musulmonlarga nisbatan qoʻrquv, nafrat yoki notoʻgʻri tushunchaga ega boʻlish[1][2][3], ayniqsa, geosiyosiy kuch yoki terrorizm manbai sifatida qaralganda[4][5].
Islomofobiya atamasining maʼnoviy jihatdan qamrovi va aniq taʼrifi bahsli mavzulardan biridir. Baʼzi olimlar buni ksenofobiya yoki irqchilikning bir koʻrinishi deb hisoblaydilar, boshqalari esa islomofobiya va irqchilikni bir-biri bilan chambarchas bogʻliq yoki qisman bir-biriga mos keladigan hodisalar deb hisoblashadi. Yana bir turdagi olimlar har qanday munosabatlarga eʼtiroz bildirgan holda, din irq emasligini asoslab beradilar..
Islomofobiya keltirib chiqaradigan sabablari ham munozarali mavzulardandir, xususan , 11-sentabr voqealari[6], „Islomiy davlat“ jangari guruhlarining kuchayishi, Yevropa va Qoʻshma Shtatlardagi yuz bergan terraktlar natijasida islomofobiya kuchayganini taxmin ostiga olingan. Islomiy ekstremistlar fobiyaning ushbu turini Qoʻshma Shtatlar va Yevropa Ittifoqida musulmonlarning koʻpayishi bilan bogʻlaganlar va global ravishda kuchayib borayotgan islom madaniyatining oʻziga xosligi paydo boʻlishiga javob sifatida koʻradilar.
2022-yil 15-martda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Islom hamkorlik tashkiloti nomidan Pokiston tomonidan kiritilgan konsensusga asoslanib 15-martni "Xalqaro islomofobiyaga qarshi kurash kuni " deya eʼlon qilingan rezolyutsiyani qabul qiladi[7].