Izotoplar

Izotoplar (izo yunoncha bir degan ma'noni topos — joy, oʻrin) — bitta kimyoviy elementning tartib raqamlariga teng , atom massasi har xil boʻlgan atom turlarining atom yadrosidagi protonlar soniga teng , neytronlar soni esa har xil (atom qobigʻidagi elektronlar soni ham teng) boʻlganligi sababli ularning fizik va kimyoviy xossalari deyarli bir xil boʻladi. Elementning I. i yadro zaryadiga, atom yadrosidagi neytronlar soniga, binobarin, atom massasiga qarab bir-biridan farq qiladi. Elementlarning I.i kimyoviy elementlar davriy sistemasida ayni bir joyda turadi. Masal, vodorodning uchta izotopi bor: vodorod, deyteriy va tritiy. Bularning hammasi davriy sistemada birinchi oʻrin (bitta katak)da joylashgan. Yadrodagi nuklonlar soni bir xil boʻlgan atomlar I.dan farq qilib izobarlar , yadrosidagi neytronlar soni bir xil boʻlgan atomlar esa izotonlar deb ataladi. Oddiy vodorod atomida bitta proton va ikkita neytron boʻlsa, yadrosi murakkablashadi, atom massasi 2 ga teng boʻladi, biroq yadro atrofida bitta elektron aylanaveradi. Bu vodorod atomi boʻlsada ogʻir vodorod — deyteriy atomi deb ataladi. Ogʻir vodorodning kislorod bilan birikish reaksiyasidan ogʻir suv olinadi.