Jakarta indonezcha: Jakarta | |
---|---|
Shahar | |
6°10′30″S 106°49′39″E / 6.17500°S 106.82750°E | |
Mamlakat | Indoneziya |
Aholisi (2021) |
10 562 088 |
|
Jakarta — Indoneziyaning poytaxti. Java orolning shimoli-gʻarbiy sohilida, Chilivung daryosining Java dengiziga quyilish joyida. Iutimi tropik ekvatorial; yillik oʻrtacha temperatura 27°. Yiliga 1800 mm yogʻin yogʻadi; havoning namligi 80%. Aholisi 9,5 mln. kishi (1996). 16-asr boshida hozirgi Jakarka oʻrnida Tajajdaran knyazligining Sundakelapa port shahri boʻlgan. 1527 yilda uni Bantam knyazligi egallagan va shahar Jayakerta (ulkan qalʼa) deb atalgan. XVII asrda gollandlarning Ost-Indiya kompaniyasi bosib olib vayron qilgan. 1619-yilda gollandlar shahar oʻrnida Bataviya qalʼasini qurganlar. Keyinchalik uning atrofida shahar vujudga kelib, 1945-yilgacha general gubernator karorgohi va mustamlaka markazi boʻlgan. 1945-yil 17- avgustdan mustaqil Indoneziya davlatining poytaxti. Gollandiya agressiyasi vaqtida (1946—49) poytaxt vaqtincha Jokyakartaga koʻchirildi; 1949-yildan Bataviya yana Jakarta deb atala boshladi.
Jakarta — mamlakatning yirik iqtisodiy markazi. Oziq-ovqat (choy, kofeni qayta ishlash, sholi oklash, un tortish, yogʻ, baliq konservalash va b.), kauchukka ishlov berish, rezina va koʻn poyabzal, toʻqimachilik, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, mexanika ustaxonalari, kema verfi, avtomobil yiguv zavodi va boshqa bor. Hunarmandchilik kadimdan rivojlangan.
Jakarta — xalqaro dengiz va havo yoʻllarining tuguni. Xalqaro Kemayoran aeroporti bor. Jakarta porti (Tanjungpriok avanporti) orqali chetga kauchuk, choy, kofe, xinin, shakarqand va b. chiqariladi; chetdan koʻproq sanoat uskunalari keltiriladi. Meʼmoriy yodgorliklardan Penang darvozasi (1671), cherkov (1695), shahar boshqarmasi binosi (1710—12), 17—18-asrlarda qurilgan binolar, kanal va koʻpriklar va boshqalar saqlangan. Zamonaviy binolardan sport majmuasi (1956—62), markaziy gospital (1962—63), Prezident saroyi (19—20-asrlar), Mustaqillik monumenta (1964) Jakartaning yangi qurilgan qismida joylashgan. Jakartada davlat universiteti, bir necha xususiy universitetlar, Milliy texnika instituti, Fanlar instituti, Madaniyat instituti, kutubxonalar, muzeylar, Kartinalar galereyasi, teatrlar va bodhqa bor[1].