BYUKENEN (Buchanan) Jeyms (1791.23.4, Mersersberg, Pensilvaniya shtati—1868.1.6, Uitlend, hozirgi Lankaster, Pensilvaniya shtati) — AQShning 15-prezidenti. Demokratlar partiyasidan (1857—61). 1845—49 yillarda davlat kotibi, 1846—48 yillardagi Amerika-Meksika bosqinchilik urushi tashabbuskorlaridan biri. AQShning janubidagi quldorlarning kuchayishiga imkon bergan[1].