James Cook | |
---|---|
Tavalludi | 27-oktyabr 1728[1] |
Vafoti | 14-fevral 1779[2][1] |
Fuqaroligi | Kingdom of Great Britain[3] |
Onasi | Grace Pace |
Jeyms Kuk | |
---|---|
Ingliz Jeyms Kuk | |
Tugʻilgan nomi | Jeyms Kuk |
Tugʻilgan kuni | 1728 yil 27 oktyabr |
Tugʻilgan joyi |
|
Oʻlim sanasi | 1779 yil 14 fevral[…] (50 yosh) |
Oʻlim joyi |
|
Yon |
|
Kasb-hunar | tadqiqotchi, kartograf, dengiz zobiti, navigator, botanik |
Ona | Grace Pace [d] |
Xotin | Elizabet Kuk [d] |
Bolalar | Jeyms Kuk [d], Nataniel Kuk [d], Elizabet Kuk [d], Jozef Kuk [d], Jorj Kuk [d] va Xyu Kuk [d] |
Mukofotlar va mukofotlar | Kopley medali(1776) |
Avtograf |
KUK (Cook) Jeyms (1728.27.10, Marton, Yorkshir grafligi – 1779.14. 2, Ganayi orollari) – ingliz dengizchi sayyohi. 1768—71 yillarda „Indevor“ kemasida dunyo aylana ekspeditsiyaga rahbarlik qilgan. Britaniya admiralligi tomonidan tashkil etilgan ushbu ekspeditsiyaning maqsadi Tinch okeanda yangi yerlarni egallash edi. Kema Plimut shahridan safarga chiqib, Gorn burnini aylanib oʻtgach, Taiti oroliga yetib bordi. 1769-yilda uning shimoli-gʻarbidagi yondosh orollarni Jamiyat orollari degan umumiy nom bilan xaritaga tushirdi. 1769—70 yillarda Yangi Zelandiya qirgʻoqlarini aylanib oʻtib, uning orollardan iborat ekanligini aniqladi. Katta Toʻsiq rifi va Avstraliyaning sharqiy sohillarini tadqiq qildi. Torres boʻgʻozi orqali Kuk Yaxshi Umid burnini aylanib, 1771-yilda Angliyaga qaytdi.
Antarktida materigini topish va Yangi Zelandiya va boshqa orollarni oʻrganish maqsadida uyushtirilgan dunyo aylana 2-sayohatida (1772— 75) K. „Revolyushen“ kemasida suzib 1773-yil tarixda ilk bor Janubiy qutbiy doirani (40° shq.u.) kesib oʻtdi va 66° 36’ j. k.gacha yetib bordi. Ikkinchi sayohati davomida Tuamotu arxipelagidagi 2 atoll, Kuk orollari guruhidagi Palmerston orol va Xervi atolli, Yangi Gebrid orollari, Yangi Kaledoniya va Norfolk orollarini (1774), Atlantika okeani janubidagi Janubiy Georgiya va Janubiy Sandvich orollarini (1775) topib, yevropaliklarga maʼlum qildi.
K. 1776-yilda „Revolyushen“ va „Diskoveri“ kemalariga ekspeditsiya boshligʻi qilib tayinlandi. 1777-yilda Kuk orollaridagi 3 atollni, Tubuai va Rojdestvo o.larini, 1770-yilda Ganayi orollarini tavsifladi, Amerikaning shim.-gʻarbiy sohillarini oʻrgandi va qisman xaritaga tushirdi. 1779-yilda Ganayi orolda mahalliy aholi tomonidan oʻldirildi. 20 dan ortiq geografik obyektlar Kuk nomiga qoʻyilgan.
Kuk oʻzi tashrif buyurgan hududlarning tub aholisiga nisbatan bagʻrikeng va doʻstona munosabati bilan mashhur edi. U navigatsiyada oʻziga xos inqilob qildi, oʻsha paytda xavfli va keng tarqalgan kasallik – iskorbit bilan muvaffaqiyatli kurashishni oʻrgandi. Sayohat paytida undan oʻlim deyarli nolga kamaydi. Uning sayohatlarida Jozef Banks, Uilyam Blay, Jorj Vankuver, Iogann Reingold va Georg Forster kabi mashhur navigatorlar va tadqiqotchilarning butun galaktikasi ishtirok etdi .
Buyuk geografik kashfiyotlar davrining tugashi ham uning oʻlimi bilan bogʻliq.