Jild

Jild (arab.) — 1) biror narsa ustidan kiydirib, qoplab qoʻyiladigan buyum, gʻilof. Masalan, yostiq, koʻrpa; 2) kitobni yaxshi saqlash uchun uning muqovasiga oʻlchab tikilgan, odatda, teri-charmdan yasalgan qin; 3) ilgari oʻquvchilar oʻquv ashyolari solib yurishi uchun portfel oʻrnida ishlatgan xalta. Biror matodan konvert taxlitida tikilib, ikki yonidan latta tasmaga biriktirilgan va yelkaga oʻtkazib boʻyinga osib yurilgan; 4) biror katta asarning alohida kitob holidagi qismi, shuningdek, bir necha kitobdan iborat asarning har biri, tom[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil