Jimmy Carter | |
---|---|
Jimmy Carterning 1978-yildagi rasmiy portreti | |
Amerika Qo‘shma Shtatlarining 39-Prezidenti | |
Mansab davri 1976-yil 20-yanvar – 1980-yil 20-yanvar | |
Vitse-prezident | Walter Mondale |
Oʻtmishdoshi | Gerald Ford |
Vorisi | Ronald Reagan |
Mansab davri 1963-yil 14-yanvar – 1967-yil 9-yanvar | |
Vorisi | Hugh Carter |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
James Earl Carter Jr. 1-oktyabr 1924-yil Plains, Jorjiya, AQSh |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar |
Turmush oʻrtogʻi |
Rosalynn Smith (turm. 1946) |
Bolalari | 4, jumladan Jack va Amy |
Ota-onasi | |
Istiqomat joy(lar)i | Plains, Jorjiya |
Taʼlim | Amerika Qo‘shma Shtatlari dengiz floti akademiyasi (BS) |
Imzosi | |
Mukofotlari |
James Earl Carter Jr. (1924-yil 1-oktabr) – 1976—1980-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlarning 39-Prezidenti boʻlib faoliyat olib borgan amerikalik siyosatchi va gumanist. Carter Demokratlar partiya aʼzosi. U 1963-yildan 1967-yilgacha Jorjiya shtati senatori boʻlib faoliyat yuritgan va 1971-yildan 1975-yilgacha Jorjiyaning 76-gubernatori lavozimida ishlagan.
Carter Jorjiya shtatining Plains shahrida tugʻilib oʻsgan. 1946-yilda AQSh dengiz floti akademiyasini tamomlagan va AQSh dengiz flotining suv osti xizmatiga qoʻshilgan. Shundan soʻng u uyiga qaytib, u yerda oilasining yeryongʻoqchilik biznesini tikladi. Keyin u irqiy segregatsiyaga qarshi ekanligini koʻrsatdi, rivojlanib borayotgan fuqarolik huquqlari harakatini qoʻllab-quvvatladi va Demokratlar partiyaning faoliga aylandi. Carter 1963-yildan 1967-yilgacha Jorjiya shtati senatida, keyin esa 1971-yildan 1975-yilgacha Jorjiya gubernatori lavozimida ishlagan. Jorjiyadan tashqarida taniqli boʻlmagan nomzod sifatida Carter AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod qilib koʻrsatildi va 1976-yilgi AQSh prezidentlik saylovlarida amaldagi respublikachi prezident Gerald Fordni magʻlub etdi.