Joe Biden | |
---|---|
Rasmiy portret (2021) | |
46-Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 2021-yil | |
Vitse-prezident | Kamala Harris |
Oʻtmishdoshi | Donald Trump |
47-Amerika Qoʻshma Shtatlari vitse-prezidenti | |
Mansab davri 20-yanvar 2009-yil – 20-yanvar 2017-yil | |
Prezident | Barack Obama |
Oʻtmishdoshi | Dick Cheney |
Vorisi | Mike Pence |
AQSh senatori (Delawaredan) | |
Mansab davri 3-yanvar 1973-yil – 15-yanvar 2009-yil | |
Oʻtmishdoshi | J. Caleb Boggs |
Vorisi | Ted Kaufman |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Joseph Robinette Biden Jr. 20-noyabr 1942-yil Scranton, Pennsylvania, AQSh |
Fuqaroligi | AQSh |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar (1969—hozirgacha) |
Turmush oʻrtogʻi |
|
Bolalari |
|
Ota-onasi |
|
Alma mater |
|
Kasbi |
|
Imzosi | |
Vebsayti |
Joseph Robinette „Joe“ Biden, Jr. (talaffuzi: Kenja Jozef Robinet Jo Bayden; 1942-yil 20-noyabrda tugʻilgan) amerikalik siyosatchi, 20-yanvar 2021-yildan AQShning 46-hamda amaldagi AQSh prezidenti[1]. Demokratlar partiyasi aʼzosi boʻlgan Biden bungacha 1973-yildan 2009-yilga qadar Delaver shtatidan senator hamda 2009-yildan 2017-yilga qadar 47-vitse-prezident vazifalarini bajargan.
Biden Pennsylvania shtatining Scranton shahrida tugʻilib oʻsgan. 1953-yili Biden oʻn yoshligida oilasi bilan Delaver shtatidagi New Castle Countyga koʻchib oʻtadi. U 1968-yilda Syracuse universitetini tamomlab, huquq boʻyicha bakalavr darajasini oldi va Delaware universitetiga oʻqishga kirdi. 1970-yilda u New Castle County Kengashiga senator etib saylandi va buning ortidan AQSh tarixida oltinchi eng yosh senator boʻldi. Keyinchalik, 1972-yilga kelib, Biden Delawaredan AQSh senatori etib saylandi, bu paytda u 29 yoshda boʻlgan.
2008-yilgi prezidentlik saylovlarida Biden Barack Obamaning yordamchisi (vitse-prezident) sifatida qatnashib, John McCain va uning yordamchisi Sarah Palin ustidan gʻalaba qozonishdi. Obama va Biden 2012-yilgi prezidentlik saylovlarida Mitt Romney va uning yordamchisi Paul Ryan ustidan gʻalaba qozonib, ikkinchi muddatga qayta saylanishdi.
Biden 2020-yilgi saylovlarda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod boʻlib, AQSh prezident Donald Trump bilan raqobatlashdi va gʻalaba qozondi.