Julius Caesar | |
Rim respublikasining diktatori | |
Hukmronligining boshlanishi: | oktabr, mil. avv. 49-yil |
---|---|
Hukmronligining tugashi: | 15-mart, mil. avv. 44-yil |
Oʻtmishdosh: | yoʻq |
Tugʻilgan sanasi: | mil. avv. 102-yil yoki mil. avv. 100-yil |
Tugʻilgan joyi: | Rim |
Vafot sanasi: | 15-mart, mil. avv. 44-yil |
Vafot joyi: | Rim |
Turmush oʻrtogʻi: | 1. Cornelia Cinna minor (mil. avv. 83-yil - mil. avv. 69-yil) 2. Pompeia Sulla (mil. avv. 68-yil - mil. avv. 62-yil) 3. Calpurnia Pisonis (mil. avv. 59-yil - mil. avv. 44-yil) |
Otasi: | Gaius Julius Caesar |
Gaius Julius Caesar (lotincha: Imperator Gaius Iulius Caesar — Imperator Gay Yuliy Sezar (Gayus Yulius Qaysar)) (mil. avv. 102 yoki 100-yil — 15-mart mil. avv. 44-yil) — Rim diktatori (49, 48— 46, 45; 44 yildan umrbod), sarkarda, yozuvchi. Siyosiy faoliyatini demokratik guruh tarafdori sifatida boshlab, harbiy tribun (73), edil (65), pretor (62) lavozimlarida boʻlgan. Konsullikka intilib, 60-yili Pompey va Krass bilan ittifoq tuzgan (1-triumvirat). Konsul (59), soʻngra Galliya noibi; 58—51-yillarda butun Alporti Galliyasini Rimga boʻysundirgan. Krass vafotidan keyin 48 yil armiyaga tayanib, yakka hokimlik uchun kurash boshlagan. Pompey va uning tarafdorlarini 49—45-yillarda tormor qilib, hokimiyat tepasiga chiqqan. Oʻz qoʻlida respublikaning eng muhim lavozimlarini (diktator, konsul va boshqalar) jamlab, amalda rasmiy monarx boʻlgan. Respublikachilar fitnasi natijasida oʻldirilgan. „Galliya urushi haqida xotiralar“ va „Fuqarolar urushi haqida xotiralar“ asarlari muallifi; taqvimni isloh qilgan (Yuliy taqvimii).