Juma (shahar)

Juma
shahar
39°42′58″N 66°39′51″E / 39.71611°N 66.66417°E / 39.71611; 66.66417
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
tuman Past Dargʻom tumani
Aholisi
26 410
Vaqt mintaqasi UTC+5
Juma xaritada
Juma
Juma
Juma xaritada
Juma
Juma

Juma — Oʻzbekiston Respublikasi Samarqand viloyatidagi shahar (1973-yildan). Past Dargʻom tumani markazi. 1893-1896-yillarda temiryoʻl stansiyasi qurilishi munosabati bilan vujudga kelgan. Shahar janubidan Toshkent — Buxoro avtomobil yoʻli oʻtgan. Samarqand shahridan 25 km shimoli-gʻarbda. Aholisi 26 ming kishi (1999). Juma shahrida paxta tozalash, tuzatish mexanika zavodlari, „Ilgʻor“ kombinati, 2 ta MTP, avtomobil-avtobus parklari, don bazasi (tegirmoni bilan) bor. Juma shahridan Toshkent, Samarqand, Kattaqoʻrgʻon va Qarshi yoʻnalishlari boʻyicha avtobus qatnaydi. Juma shahrida Eski Juma (1890) va Nurulislom (1993) jome masjidlari faoliyat koʻrsatadi. Shaharda 3 umumiy taʼlim maktabi, amaliy va tasviriy sanʼat litseyi, 300 oʻrinli qishloq xoʻjaligi kasb-hunar litseyi, yoshlar va oʻsmirlar sport maktabi, mehribonlik uyi, 3 kutubxona, 2 madaniyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, 3 bogʻcha-gimnaziya, 1941-1945-yillar urushi qatnashchilariga qoʻyilgan yodgorlik bor[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil