Kaliforniy (Californium), Cf -Mendeleyev davriy sistemasining III guruhiga mansub sunʼiy radioaktiv kimyoviy element. AQSH Kaliforniy universiteti va shtati nomiga qoʻyilgan. Tartib raqami 98; aktinoidlarga kiradi, Kaliforniyni 1950-yilda amerikalik olimlar Kaliforniy Tompson, Kaliforniy Strit, Kaliforniy Giorso va Kaliforniy Siborglar olgan. Barkaror izotoplari yoʻq. Ular oʻta ogʻir, uglerod, azot va kislorod atomlari bilan yadro reaktorlarida sintez qilingan. Massa soni 240—256 ga teng boʻlgan 17 izotopi maʼlum: 244Cf (T1/2=25 soat), 245Cf (T =45 soat), 246Cf(T =35,7 soat), 248Cf(Tl/2=250 kun) va b., yarim parchalanish davri koʻproq boʻlgan izotoplari: 249Cf(T =352-yil), 251Cf(T|/2=900-yil) va 252Cf(T|/2=264-yil). Kaliforniyning oksidlanish darajasi +2, +3, turgʻunrogʻiniki +4; Poling boʻyicha elektr manfiyligi 1,2.
Kaliforniy oʻta uchuvchan metall. Ikki shakl oʻzgarishiga ega; 600° dan past temperaturada geksogonal panjarali turgʻun a-shaklda boʻlib, 600—725°da kubsМVimon panjarali turgʻun shaklga oʻtadi. Suyuqlanish temperaturasi 900°, qaynash temperaturasi 1227°. Kimyoviy xossalariga koʻra, Kaliforniy lantanoidlarga uxshaydi. 1450° da vodorod oqimida qizdirilganda kubsimon monoklin Cf2O3 shaklga oʻtadi.
Yadro reaktorlarida Pu, Am yoki Cm larni uzok, muddat kuchli neytronlar bilan nurlash natijasida Kaliforniy izotoplari olinadi. Kaliforniyning massa soni 249—254 bulgan aralashmasida, odatda, 60—90% gacha 252Cf buladi. Termoyadroviy portlash natijasida hosil qilingan Kaliforniy 25lCf va 252Cf izotoplariga anchagina boy. Eski 249Vg preparatidan oʻta sof 249Cf ajratib olinadi. Kaliforniyning yengil (neytroni kamchil) izotoplarini, odatda, a-zarrachalar bilan nurlantirib yoki ogʻir ionlar yadro reaksiyalarida, mas, Th, ionini kislorod yoki uran bilan bombardimon qilib olinadi. Kaliforniy izotoplarini ekstraksiya, ion almashinuv va ekstraksiya-xromatografiya usullari bilan ajratib olinadi. Kaliforniy metali uning oksidlari yoki lantanoidlarini litiy ftorid bilan qaytarib olinadi. 1g Kaliforniy olish uchun 10 kg 239Ri sarflanadi. 252Cf aktivatsion analizda, defektoskopiya, neytron karetajida, neft qidirishda, tibbiyotda va b. sohalarda qoʻllanadi. Kaliforniy va uning birikmalari oʻga zaharli.[1]