Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Karbonatlar (lotincha: „carbonis“ — koʻmir) — karbonat kislota (N2SO3) tuzlari. Normal, yaʼni SO, anionli oʻrta (mas, K2SO3), NSO3 anionli nordon (gidrokarbonatlar, mas, KNSO,) va asos (mas, Si2(ON)2SO3 — malaxit) K.ga boʻlinadi. Ishqoriy metallar, ammoniy va talliyning normal K.i suvda yaxshi eriydi. Ularning suvdagi eritmasi ishqoriy reaksiyali. Bariy, kalsiy, stronsiy va qoʻrgʻoshin (2 valentli) K.i suvda juda oz eriydi. Nordon K. suvda yaxshi eriydi. K. qizdirilganda parchalanadi (mas, Sa— SO3 = SaO + SO2). Gidrokarbonatlar qizdirilganda parchalanib normal K.ga aylanadi (mas, 2NaHCO3= Na2CO3 + + N2O + SO2). Kuchli kislotalar taʼsirida K. SO2 ni chiqaradi. K. tabiatda kalsit, dolomit, ohaktosh, malaxit, magnezit va b. tabiiy minerallar holida keng tarqalgan.
Baʼzi K. (masalan, rux, temir, marganets, qoʻrgoshin, mis karbonatlari) qimmatbaho metall rudalaridir. Ohaktosh, magnezit, viterit qurilishda, olovbardosh materiallar i.ch.da, kimyo sanoatida va b.da xom ashyo sifatida qoʻllanadi.[1]