Katta sonlar qonuni - ehtimollar nazariyasida katta miqdordagi tasodifiy omillarning umumiy taʼsiri (yetarlicha keng shartlar bajarilganda) tasodifga deyarli bogʻliq boʻlmay qolishini ifodalovchi qonun; dastlab 1713-yilda Ya. Bernulli topgan (qarang Bernulli).
Agar tasodifiy miqdorlar ketmaketligi uchun j]+&+-+4ning miqdordan (bu yerda M^. — tasodifiy miqdorning oʻrta qiymati) farqi har qanday musbat ye sonidan kichik boʻlish ehtimoli p ortishi bilan 1 ga intilsa, bu tasodifiy miqdorlar ketma-ketligi K.s.q.ga boʻysunadi deyiladi. Kuzatilayotgan biror tasodifiy A hodisa p ta tajribaning xl tasida roʻy bergan boʻlsa, harqanday ye>0 uchun p\~jf ~ r k ye) ning i -> "o dagi limita 1 ga teng , bunda r soni A hodisaning bitta tajribada roʻy berish ehtimoli. Ushbu teoremaga koʻra, tasodifiy hodisa A ning nomaʼlumehtimoli r ni uning chastotasi ^~ bilan (p katta boʻlganda) almashtirish mumkin: r = ~ . Bernullining bu teoremasini P. L. Chebishev umumlashtirib, K. s. q.ning bajarilishi uchun yetarli shartlar topgan. K.s.q.ning turli masalalari bilan A. A. Markov, S. N. Bernshteyn, A. N. Kolmogorov, A. Ya. Xinchin va b., Oʻzbekistonda T. A. Sarimsoqov, S. H. Sirojiddinov va b. shugʻullangan.