Kentukki

Kentukki
Kentucky
Shtat
Kentukki bayrogʻi Kentukki tamgʻasi
Kentukki bayrogʻi Kentukki tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Bluegrass State)

Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Frankfort
Eng yirik shaharlar Louisville
Lexington
Owensboro
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 37-oʻrinda

104,659 km²
1.68 %

Aholi

   • Butun (2021)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 26-oʻrinda

4,173,405
39.28 kishi/km²
6
8

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 26-oʻrinda

$136,446 million
$32,943

Ittifoqqa kirish

   • Sana

15-boʻlib

1 iyun 1792

Vaqt UTC-5 (EST) / -6 (CST)
Qisqartma KY [21]
Shtat guli Goldenrod

(Solidago gigantea)

Shtat daraxti Tulip-tree

(Liriodendron tulipifera)

Kentukki AQShning janubiy qismidagi shtatdir. Maydon 104,6 ming km2. Aholisi 4,06 million kishi (2001), yarmidan koʻprogʻi shaharlarda yashaydi. Maʼmuriy markazi — Frankfort shahri. Yirik shaharlari: Luisvill, Leksington. Kentukkining koʻp qismi Kamberlend platosida (balandligi 200–450 m) joylashgan. Karst relyef shakli koʻp. Mashhur Mamont gʻori ham oʻsha yerda. Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy qismlari tekislik. Ogayo, Kamberlend va boshqa daryolar kesib oʻtadi. Iqlimi moʻtadil nam iqlim. Oylik oʻrtacha temperatura yanvarda 0,4°, iyulda 24,4°. Yillik yogʻin 1000–1250 mm.

Kentikki — industrial-agrar shtat. Kimyo (sintetik kauchuk, tola, plastmassa va boshqa), elektrotexnika (uy-roʻzgʻor asboblari) va umumiy mashinasozlik sanoati rivojlangan. Padyuka shahri. AQShdagi atom sanoati markazlaridan biri. Oziqovqat (vino, jumladan, viski tayyorlash) va tamaki sanoati korxonalari bor. Toshkoʻmir, tabiiy gaz, neft qazib chiqariladi. Qishloq xoʻjaligida tamaki (hosili boʻyicha AQShda Shimoliy Karolina shtatidan keyin 2-oʻrinda), makkajoʻxori, yemxashak ekinlari, soya, bugʻdoy ekiladi. Goʻsht-sut va goʻsht chorvachiligi rivojlangan. Ogayo daryosida kema qatnaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil