Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Keyptaun (inglizcha: Cape Town) yoki Kaapstad (afr.: Kaapstad) - JARning jan.-gʻarbiy qismidagi shahar, Yaxshi Umid burni yaqinida. Kap provinsiyasining maʼmuriy markazi va mamlakat parlamentining qarorgohi. Aholisi 1,9 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari, shahar atrofi bilan).
Keyptaunga 1632 yilda Ost-Indiya kompaniyasi asos solgan. Kap mustamlakasining maʼmuriy markazi boʻlgan. 1806 yilda inglizlar bosib olgan. Janubiy Afrika Ittifoqi tuzilgandan boshlab (1910), uning Kap provinsiyasi tarkibida.
Keyptaun—transport yoʻllarining yirik tuguni. Xalqaro aeroport bor. Afrikadagi eng katta portlardan. Mamlakatning muhim sanoat, savdo-moliya markazi. Mashinasozlik muhim ahamiyatga ega. Metallsozlik, kemasozlik, neftni qayta ishlash, vagonsozlik, yogʻochsozlik, avtomobilsozlik korxonalari bor. Sement, toʻqimachilik mahsulotlari, konserva ishlab chiqariladi, olmosga sayqal beriladi. Universitet, Janubiy Afrika muzeyi, Milliy galereya, astronomiya rasadxonasi, botanika bogi bor. 17— 18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlangan. Keyptaun yaqinida Afrikada birinchi AES qurilgan.[1]