Kichik Orol dendizi qozoqcha: Солтүстік Арал теңізі | |
46°30′0″N 60°42′0″E / 46.50000°N 60.70000°E | |
Kichik Orol dengizi hududining Koʻkorol toʻgʻoni qurilishidan oldingi holati (2005-yil) | |
Mamlakat | Qozogʻiston |
Region | Qiziloʻrda viloyati |
Dengiz sathidan balandlik | 42,2 m |
Yuzasi | 3 300 km² |
Hajmi | 27 km³ |
Eng katta chuqurligi | 18 m |
Oʻrtacha chuqurligi | 8,7 m |
Shoʻrlik | 9 ‰ |
Tushuvchi daryo | Sirdaryo |
Kichik Orol dengizi (Kichik Orol, Shimoliy Orol, (qozoqcha: Солтүстік Арал теңізі) — Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyati hududida joylashgan shoʻr suvli koʻl. Orol dengizining Sirdaryodan suv oluvchi shimoliy qismi. Kichik Orol dengizi 1987-yilda Orol dengizining qurishi natijasida vujudga kelgan. Hozirgi koʻrinishi Koʻkaral toʻgʻoni qurilgandan soʻng shakllangan boʻlib, Orol dengizining shimoliy qismini yanada qurib ketishi oldi olindi. 2012-yilda Kichik Orol dengizi va Sirdaryo deltasi Ramsar konvensiyasiga muvofiq xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan suv-botqoq yerlar ro‘yxatiga kiritildi[1].