Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kirovograd viloyati – Ukrainadagi viloyat. 1939-yil 10-yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 24,6 ming km². Aholisi 1211,2 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar; shuningdek, rus, belorus, yaxudiy, moddavanlar ham yashaydi. Shaharliklar 52%. 21 tumanga boʻlingan, 12 shahar, 26 shaharcha bor. Markazi – Kirovograd shahri.
Kirovograd viloyati Dnepr boʻyi qirlarining janubiy qismida, Yer yuzasi daryo vodiylari va jarlar oʻyib yuborgan toʻlqinsimon tekislik. Foydali qazilmalari: qoʻngʻir koʻmir, grafit, nikel rudasi, qurilish materiallari, torf, temir rudasi. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi −5,4° dan −5,6° gacha, iyulniki 20-21,4°. Yillik yogʻin 450 mm. Vegetatsiya davri 200-210 kun. Daryolari: Dnepr, Ingul, Sinyuxa va Janubiy Bug. Kirovograd viloyati hududida Kremenchug, Dneprodzerjinsk va boshqa suv omborlari bor. Tuprogʻi, asosan, qoratuproq. Oʻrmon va butazorlar mavjud.
Kirovograd viloyati sanoatining yetakchi tarmoqlari: oziq-ovqat, mashinasozlik, yonilgʻi va rangli metallurgiya. Energetika xujaligini bir qancha GES va issiqlik elektr stansiyasi tashkil etgan. Oziq-ovqat sanoatida shakarqand, yogʻ-moy, spirt, goʻsht, un, moy-sir, meva-sabzavot konservalari ishlab chiqariladi. Mashinasozlik va metallsozlik sanoati, asosan, qishloq xoʻjaligi mashinalari va ji-hozlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yoqilgʻi sanoatida qoʻngʻir koʻmir qazib olinadi va qayta ishlanadi. Rangli metallurgiya rivojlanmokda. Yengil sanoat korxonalari (tikuvchilik, poyabzal, paypoq, koʻn zavodi, yogʻochsozlik, mebel kombinatlari) bor. Qurilish materiallari ishlab chiqaradigan yirik korxonalar mavjud.
Qishloq xoʻjaligida gʻalla, qand lavlagi, koriandr, koʻngaboqar ekiladi, chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Bogʻdorchilik va rezavor mevachilik salmoqli oʻrin tutadi. Hovoʻz baliqchiligi rivojlangan. Kirovograd viloyati, avtomobil yoʻllari zich, aeroport bor. Dnepr daryosida kema qatnaydi[1].