Kiyev

Kyiv

ukraincha: Київ
Kyiv
Bayroq
Kyiv
Gerb
50°27′0″N 30°31′25″E / 50.45000°N 30.52361°E / 50.45000; 30.52361
Mamlakat Ukraina
Hukumat
 • mer Vitaliy Klichko
Aholisi
 (2022)
2 950 702
Vaqt mintaqasi UTC+2
Telefon kodi +380 44
Pochta indeks(lar)i 01001—06999
Kyiv xaritada
Kyiv
Kyiv

Kiyev yoki Kyiv (ukraincha: Київ) — Ukraina poytaxti. Yirik sanoat, madaniyat va fan markazi, qahramon shahar, Kiyev viloyati markazi. Dnepr daryosidagi port. Yirik temir yoʻl, shosse va havo yoʻllari tuguni. Dnepr daryosining oʻrta oqimida joylashgan. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi–5,8°, iyulniki 19,5°, Shahar maydon 800 km2. Aholisi 2888,4 ming kishi (2024).

Hozrigi Kiyev xududida bundan bir necha ming yil muqaddam dastlabki manzilgoxlar boʻlgan. "Kiyev" nomi V asr oxiri – VI asr boshidagi uning afsonaviy asoschisi Kiy ismi bilan bogʻliq. Kiyev mil. VI—VII asrlarda sharqiy slavyanlarning polyan qabilasi markazi sifatida tashkil topgan. 882-yil Kiyev knyaz Oleg qoʻl ostiga oʻtdi va 1132-yilgacha Kiyev Rusining siyosiy, madaniy va savdo markazi. 1240-yil Kiyevni moʻgʻullar zabt etdi. 1362-yildan Litva va Polsha tarkibida. 1654-yilda Rossiya imperiyasi tarkibiga qoʻshib olingan.

1917-yil oktabrda hokimiyatni Markaziy rada egʻalladi. 1918-yil 26-yanvarda Kiyevni kizil armiya bosib oldi. 1918-yil 1-martdan Kiyev avval nemislar, keyin denikinchilar qoʻl ostida boʻldi. 1920-yillardan boshlab shaharning sanoat jihatdan ahamiyati oʻsa boshladi. 1941-yil sentabrda Kiyevni fashistlar Germaniyasi bosib oldi, 1943-yil noyabrda Kiyev ozod etildi. 1990-yildan mustaqil Ukraina poytaxti.

Mashinasozlik, shu jumladan, stanoksozlik, transport mashinasozligi, aniq priborsozlik, elektrotexnika va radioelektronika markazi. Yengil (shoyi toʻqish, trikotaj, tikuvchilik, poyabzal), poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Metropoliten ishlab turibdi (1960-yildan). Ukraina Fanlar akademiyasi, 18 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), 15 teatr (shu jumladan, Ukraina opera va balet teatri), filarmoniya, qariyb 30 muzey (shu jumladan, T. G. Shevchenkoning adabiy-badiiy muzeyi, tarix, ukrain tasviriy sanʼat muzeyi, rus sanʼati, gʻarb va sharq sanʼati muzeylari, xalk, meʼmorligi va turmushi muzeyi, Kiyev tarixi muzeyi, arxeologiya, xalq bezagi sanʼati muzeylari, adabiyot va sanʼat arxiv-muzeyi, tibbiyot tarixi muzeyi va boshqalar), respublika stadioni bor.

Kiyevda Sofiya sobori (XI asr; qoʻngʻiroqxonasi XVII—XIX asrlar), Oltin darvoza (XI asr), Vidubetsk monastiri (II-asr), Spas cherkovi (XI asr oxiri – XII asr boshi), Kirill cherkovi (XII asr), Kiyev Pechera lavrasi (XII—XVIII asrlar), Andreyev cherkovi (XVIII asr), Vladimir sobori (XIX asr) saqlangan. 1947–54-yillarda shahar markaziy koʻchasi ansambli – Kreshchatik barpo etilgan. 60–80-yillarda Rusanovka, Obolon va boshqalar turar joy massivlari vujudga keldi. Babiy Yarda yodgorlik (1976), "1941–45 yillar urushi tarixi Ukraina davlat muzeyi" memorial majmuasi (1981) barpo etildi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil