Kommersiya

Kommersiya (lotincha commercium — savdo) — savdo va savdo-vositachilik faoliyati, tovar va xizmatlarni sotish yoki sotilishiga koʻmaqlashishda ishtirok etish. K. faoliyatining asosiy yoʻnalishi — tovar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchilardan isteʼmolchilargacha yetkazib berish—muomala soxasi hisoblanadi. Mehnat taqsimoti natijasida K. faoliyati alohida iqtisodiy yoʻnalish sifatida shakllangan. K. ixtisoslashgan keng soha boʻlib, bugungi kunda uning asosiy yoʻnalishlariga savdo-vositachilik va reklama faoliyati kiradi. Savdo-vositachilik faoliyati universal va ixtisoslashgan, ulgurji va chakana savdo turlaridan iborat. Reklama faoliyati ham K.ning ajralmas bir boʻlagi boʻlib, tovarlar xizmatlar savdosini ragʻbatlashtirishga yoʻnaltirilgan faoliyat sohasini tashqil etadi. Reklama isteʼmolchilar uchun tovar va xizmatlar toʻgʻrisida oshqora axborot yetkazadi va ularning sotilishini faollashtiradi.

Mahsulotning ishlab chiqaruvchidan xarid etilgan narxi bilan uni isteʼmolchiga sotish narxi oʻrtasidagi farq K. daromadlarini tashqil etadi.[1]

  1. "Kommersiya" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil