Kondiloma

Kondiloma (yun. condyloma — oʻsma, shish) — teri va shilliq qavatlar (epiteliy va biriktiruvchi toʻqima)ning doimiy shakllanadigan sohasida turli yalligʻlanishlar tufayli paydo boʻladigan soʻgalsimon oʻsmalar. Kondiloma, aksariyat, isqirt odamlarda tashqi jinsiy aʼzolarning (siydik, najas va boshqa bilan ) doim namlanib turadigan terisida, chov burmalari va boshqa joylarda paydo boʻladi. Serbar kondiloma (zaxm belgilaridan biri) va oʻtkir uchli kondiloma farq qilinadi. Dastlab mayda, qizgʻish tugunchalar paydo boʻlib, ular asta-sekin kattalashadi, soʻng birbiri bilan qoʻshilib, xuddi gulkaramga oʻxshash oʻsmaga aylanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil