Konverter

Konverter, konvertor (ing. converto — oʻzgartiraman, aylantiraman) — suyuq choʻyanga kislorod yoki havo yuborib poʻlat olinadigan yoki shteynlarga havo yoki kislorod yuborib qora metall yoxud rangli metall sulfidlari olinadigan metallurgiya agregati; konverter ishlab chiqarishi qurilmasi. Poʻlat olishda, asosan, kislorodli K. ishlatiladi. Ilgari bu maqsadda bessemer va tomas K.lari ishlatilgan.

K. nok yoki silind-rik koʻrinishda boʻladi. K.ni tubidan, yonidan va ustidan kislorod (havo) beriladi. K.ni maxsus mexanizm bilan ogʻdirib boʻgʻzidan choʻyan quyiladi, unga flyus, temir-tersaklar solinadi. Tayyor mahsulotlar (poʻlat, shlak, gazlar) ham shu boʻgʻzidan olinadi. Bunday K.larning sigʻimi 400 t gacha boradi. Shteynlardan mahsulotlar olinadigan K.ning ichiga magnezit gʻishti teriladi. K.ning boʻgʻzidan shteynlar, flyuslar va boshqa materiallar solinadi. Bunda havo yoki kislorod K.ning pastki qismida joylashgan furma orqali beriladi. Hosil boʻlgan mahsulot (shlak va metall) boʻgʻzidan quyib olinadi (yana qarang Bessemer jarayoni, Tomas jarayoni).[1]== Manbalar ==

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil