Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Krevetkalar (Caridea) — oʻnoyoqli qisqichbaqasimonlar kenja turkumi. Uzunligi 2—30 sm. Tanasi ikki yon tomondan siqiq. Muskulli qorni boshi va koʻkragiga nisbatan uzun. 1- va 2- juft koʻkrak oyoqlarida qisqichlari boʻladi. Oxirgi juft qorin oyoqlari (uropodlar) va dumi (telson) dum suzgichni hosil qiladi. Urgʻochilarining qorinoyoqlari tuxumini olib yurish, erkaklariniki (1- va 2- jufti) kuyikish organi vazifasini bajaradi. 2 000 ga yaqin turi bor; dengizlar va chuchuk suvda planktonda va suv tubida yashaydi. Suvning oʻta chuqur qismida yashaydigan turlari yogʻdu chiqaradi. Metamorfoz orqali rivojlanadi. Krevetkalar ovlanadigan qisqichbaqasimonlar orasida birinchi oʻrinda turadi.