Kulon

Kulon
C, Kl
Kattalik Elektr zaryad, Elektr induksiya
Tizim SI
Turi hosila
Kulon Vikiomborda

Kulon (Xalqaro nomi C) – Xalqaro birliklar tizimi SIda elektr zaryad va elektr induksiya birligi. Kl (C) bilan belgilanadi. 1) 1Kl – tok kuchi 1A boʻlganda oʻtkazgichning koʻndalang kesimidan 1 s ichida oʻtayotgan elektr zaryad miqdoriga teng. Sh. O. Kulon sharafiga qoʻyilgan. 1Kl~3109SGSE birligi = 0,1 SGSM birligi; 2) 1Kl ga teng erkin zaryad joylashgan berk konturdan oʻtayotgan elektr induksiya oqimiga teng. 1Kl=4l-3109 SGSE birligi =0,4te SGSM birligi.[1]

Taʼrifiga koʻra, 1 kulon – 1 soniya vaqt ichida oʻtkazgichning koʻndalang kesimidan oʻtadigan 1A tok kuchiga ega elektr miqdori (elektr zaryadi) deyiladi. Maktab oʻquv darsliklaridagi soddaroq taʼrifiga koʻra esa, 1 kulon zaryad miqdori bu – tok kuchi 1 A ga teng boʻlgan elektr tokining, oʻtkazgichning koʻndalang kesimi orqali 1 soniya ichida otgan zaryadi miqdoriga tengdir.

Formula orqali ifodalansa, 1 Kl = 1A·1s boʻladi.

Fundamental tabiiy kattaliklarga nisbatan olsak, 1 kulon elektr zaryadi taxminan 6,24151·1018 ta elektronlarning zaryadiga teng. Elementar elektr zaryadi esa, yaʼni, elektr zaryadi kvanti, boshqacha aytganda, eng minimal elektr zaryadi porsiyasi 1,602176 6208(98)·10−19 Kl ga teng.

Elektr zaryadi miqdori uchun kulon birligini qoʻllash taklifini ilk bora 1881-yili Parijda oʻtkazilgan Elektriklarning I-Butunjahon kongressida taklif qilingan edi. Taklifga koʻra elektr zaryadi miqdori fizik kattaligi oʻlchov birligi, mashhur fransuz harbiy muhandisi va fizigi Sharl de Ogyusten Kulon (1736-1806) sharafiga, uning familiyasi bilan nomlangan. Kulon birligining zamonaviy taʼrifini 1949-yilda oʻlchov va Tarozilar Xalqaro Qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan. Xalqaro birliklar tizimi – SI ga esa, oʻlchov va Tarozilar Bosh Konferensiyasining 1960-yilda oʻtkazilgan XI-konferensiyasidagi qarorlari orqali, SI tizimining oʻzi bilan birgalikda qabul qilingan.

Bir mol elementar zarralarning elektr zaryadi miqdori (Avogadro soniga koʻra, 6,022·1023) – elektr zaryadining faradey miqdori deb ham yuritiladi va u Faradey doimiysi bilan chambarchas bogʻliqdir. Ushbu nuqtai nazardan bir faradey 96485,3399 kulonga teng boʻladi. Avogadro soni nuqtai nazaridan esa, 1 Kl zaryad 1,036·N10−5 elementar zarralarga teng boʻladi.

Elektr zaryadining SI dan tashqari, tizimlashmagan birliklarda ham ifodalanadigan holatlari boʻlib, masalan, koʻpincha, amper-soat birligi ham qoʻllanadi. Bunda, tok kuchi 1A boʻlgan elektr tokining oʻtkazgichning koʻndalang kesimi boʻylab bir soat davomida oqishida oʻtgan elektr zaryadi miqdori nazarda tutiladi. 1 amper-soat (A·soat) elektr zaryadi 3600 kulonga teng.

SGS tizimida elektr zaryadi miqdori uchun franklin, Fr (shuningdek, sinonim sifatida statkulon) birligi qoʻllanilgan. Ushbu birlikka nisbatan, bir franklin zaryad (1Fr) taxminan 3,3356·10−10 , yoki, (2 997 924 580)−1 kulonga teng boʻladi (taxminan 1/3 nanonkulon).

Oddiy buyumlar va materiallarning oʻzaro ishqalanishidan yuzaga keladigan statik elektr zaryadlarining miqdori odatda bir necha mikrokulon boʻladi xolos.

oʻrtacha chaqmoq chaqqandagi zaryad miqdori 15 Kl atrofida boʻladi, lekin, kuchli chaqnashlar paytida 350 Kl gacha zaryad paydo boʻlishi mumkin.

Oddiy ishqorli batareykalar orqali (masalan AA turidagilari) toʻliq quvvatlanishdan, umuman quvvatsizlanib qolgunicha taxminan 5 kKl (5000 Kl) zaryad beradi. Batareyka yorligʻidagi 1400 mA·h (mA·soat) belgisi aynan shuni ifodalaydi.

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil